KLASTER YONDASHUV ASOSIDA MAMLAKAT EKSPORT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Klaster – bu ma’lum hududda joylashgan, o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda davlat muassasalarining hamkorlikda faoliyat yuritishidir. Klasterlar ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichlarini qamrab olganligi bois, eksportbop mahsulotni yuqori qo‘shilgan qiymat bilan tayyorlash va tashqi bozorga olib chiqishda samarali mexanizm sanaladi.Abstract
Global iqtisodiyotda raqobat tobora kuchayib borayotgan bir paytda, mamlakatlar uchun eksport salohiyatini rivojlantirish – iqtisodiy barqarorlik va tashqi bozorlarda faol ishtirok etishning asosiy kafolatlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan
davlatlar uchun eksport – valyuta tushumlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va texnologik yangilanishga olib keluvchi asosiy omildir. Bunday sharoitda klaster yondashuvi iqtisodiyotni tarmoqlararo va hududlararo muvozanatli rivojlantirish, mahsulot sifatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va eksport ko‘lamini kengaytirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
References
1.
Karimov I.A. O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tish yo‘lida. – T.:
O‘zbekiston, 1994.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5611-son Farmoni, 2018-yil 7
mart. "Eksport faoliyatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida".
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4477-son Qarori, 2019-yil 4
oktabr. "Klaster usulida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi".4.
Porter, M.E. (1990). The Competitive Advantage of Nations. – New York:
Free Press.
5.
Soliyev S.S. O‘zbekiston iqtisodiyotida eksport salohiyatini oshirish omillari. – T.: Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, 2022.
6.
Tohirov A.X., Xoliqov A.A. Klaster yondashuv va uning iqtisodiy
rivojlanishdagi o‘rni. – T.: Iqtisodiyot, 2021.
7.
Xasanov B.E. Tashqi iqtisodiy faoliyat va eksport klasterlari. – T.: TDYuU
nashriyoti, 2020.
8.
Кузнецов Б.Г. Кластерная политика в России: проблемы и перспективы.
— М.: ИЭ РАН, 2018.