TOG‘AY MURODNING “YULDUZLAR MANGU YONADI” ASARIDA KONFLIKT UNSURINING NAMOYON BO‘LISHI
Keywords:
Tog‘ay Murod, Yulduzlar mangu yonadi, konflikt, ziddiyat, ichki kurash, tashqi to‘qnashuv, Bo‘ri polvon, sadoqat, xiyonat, ijtimoiy muammo. Adabiyot – bu inson ruhiyatining, jamiyat hayotining badiiy ifodasidir. Shu ma’noda yozuvchi – jamiyatning teran mushohada qiluvchi ko‘zgu egasi, qalblar tarjimoni hisoblanadi.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri – Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida badiiy konflikt, ya’ni ziddiyat elementlarining turli shakllarda namoyon bo‘lishi atroflicha tahlil etiladi. Asarda konfliktlar faqatgina voqealar zanjiri orqali emas, balki obrazlar ruhiyati, ularning o‘zaro munosabati, jamiyatdagi o‘rni va hayotga bo‘lgan qarashlaridagi tafovutlar orqali yoritiladi. Bo‘ri polvon va Nasim o‘rtasidagi do‘stlik va xiyonatga asoslangan ziddiyat orqali insoniy munosabatlar mohiyati ochib berilgan. Shu bilan birga, qahramonning ichki kechinmalari, or-nomus va vijdon bilan olib borayotgan kurashi ruhiy konflikt sifatida tahlil qilinadi. Ushbu asarda yigit kishi uchun mardlik, or-nomus, qadr-qimmat, milliy an’analarimizga hurmat naqadar yuqori qiymatga ega ekani, insoniylik, tuyg‘ulari sofligi, chin do‘stlik kabilar ham ulug‘lanadi.
References
1. To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent, O‘zbekiston, 2002.
2. G.Xalliyeva. Adabiyotshunoslik. Toshkent, 2017.
3. Adabiyot, 6-sinf, 2-qism. 4-nashr. Toshkent, Ma’naviyat, 2017-yil.
4. To‘xtamishova Madina. “Tog‘ay Murodning yulduzlar mangu yonadi asarida
milliylik ruhi” maqolasi.
5. Tog‘ay Murod. Yulduzlar mangu yonadi. Toshkent, Ziyo nashr, 2020.