TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
Mustaqil ta’lim, kompyuter texnologiyalari, raqamli ta’lim, elektron resurslar, talabalar faolligi, o‘z-o‘zini o‘qitish.Abstract
Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda kompyuter texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Mustaqil ta’lim zamonaviy ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, uning samarali tashkil etilishi uchun raqamli texnologiyalar muhim vosita sifatida qaraladi. Maqolada ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan Learning Management System (LMS), sun’iy intellekt tizimlari, ochiq ta’lim resurslari (OER), onlayn platformalar va mobil ilovalarning o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, texnologiyalarning talaba motivatsiyasi, o‘z-o‘zini o‘qitish va vaqtni boshqarishdagi ahamiyati ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Natijalarga ko‘ra, kompyuter texnologiyalari mustaqil ta’limni faollashtirish, individual yondashuvni kuchaytirish va o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirish imkonini beradi.