FARZAND TARBIYASIDA OILANING VA MAKTABLARDAGI PSIXOLOGIK O'RNI

Authors

  • Melisova Nigora Quanishbaevna Author

Abstract

Bola tarbiyasi mavzusi — bepoyon, serqirra, cheksiz va umuman oddiy odamlar qabul qilishi mushkul masala. Har yili dunyo boʼyicha bolalar tarbiyasiga bagʼishlangan tonnalab kitob va risolalar chop etiladi, biroq yuz yil muqaddam boʼlgani kabi aksariyat ota-onalar gapga kirmaydigan bolalar muammosiga duch kelaverishadi. Аna shu ota-onalarga muammolarni hal etishda quyidagi mezonlar asqatadi.Bolani yaxshi hulqi uchun doimo maqtang. Аfsuski, aksariyat ota-onalar bolani yomon ishi uchun jazolashadi-yu, yaxshi ishiga kelganda shunga majbur deb hisoblashadi. Аslida bola oʼz xatti-harakatlarini endi toʼgʼrilay boshlagan boʼladi, «yaxshi» va «yomon» baho hali u uchun begona. Shunda u yaqinlarining bahosiga qarab ish tutishga harakat qiladi. Yaxshi xulqi va gapga kirganligi uchun maqtang, ragʼbatlantiring, shunda u aynan siz xohlagandek ish tutishga jon-jahdi bilan intiladi.

Published

2025-06-04

How to Cite

FARZAND TARBIYASIDA OILANING VA MAKTABLARDAGI PSIXOLOGIK O’RNI. (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 70(7), 388-394. https://scientific-jl.com/obr/article/view/18662