ADABIYOTSHUNOSLIKDA QISSA JANRINING O‘RGANILISHI VA UNING TARAQQIYOT BOSQICHLAR

Authors

  • Ibroximova Zaynabxon Akbrjon qizi Author

Abstract

Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tushunchalarini bir-biridan ayro  holda tasavvur qilish mumkin emas, albatta. Badiiy asarning qiymatini belgilashdagi muhim omillardan biri bu – adabiyotshunoslar tomonidan unda yoritilayotgan muammo, qahramonlar xarakteri, shuningdek mavzu va g‘oya, badiiy asar tili, uning kompozitsiyasi va yana bir qancha unsurlarining o‘rganilishidir. Ayniqsa, asar poetikasiga to‘xtalganda uning eng nozik jihatlariga ham e’tibor berish va kichik bir detalning vazifasini ham ochib berish nazariyotchilar tomonidan amalga oshiriladigan ish hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘zbek adabiyoti rivojlanib borayotgan tur va janrlardagi o‘ziga xosliklar, shakl va mazmunning o‘zgarishi, modernistik va posmodernistik adabiyotning shakllanishi, mantiqsizlik nazariyasi va falsafiy asarlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayonda janrlar taraqqiyotida ham ko‘plab o‘zgarishlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Jumladan, nasrda drabllar, mini romanlar, yoki aksincha qissa yoki roman hajmiga teng hikoyalar, nazmda esa uchchanoq va ignabarg she’rlar yoki bir so‘zdan iborat lirik asarlarning yaratilishi fikrimizning yaqqol isbotidir. Xususan, ilmiy ishimiz obyekti hisoblanmish qissa janri ham dastlab paydo bo‘lgandan to hozirgi kunga qadar ko‘plab adabiyotshunoslar tomonidan o‘rganilib, uning janr xususiyatlari yoxud adib qissalari poetikasi misolida dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar, monografiyalar chiqarilmoqda. Dastlab, ushbu janr rus adabiyotshunosligida V.G.Belinskiy, M.Baxtin, S.Lixachev, N.Nadejdin kabi olimlar tomonidan uning tuzilishi, tabiati, janrlarga bo‘linishiga ko‘ra roman va hikoya oralig‘idagi voqealar bayoni ekanligi shungidek, roviy nutqi, hikoya qilinishi ham nazariy jihatdan asoslab berilgan bo‘lsa, o‘zbek adabiyotshunosligida I.Sulton, O.Sharafiddinov, M.Qo‘shjonov, B.Nazarov, U.Normatov, H.Umurov, Q.Yo‘ldoshev, B.Karimov, Y.Solijonov, D.Quronov[1] kabi bir qator olimlar tomonidan janr xususiyatlari haqida o‘z asarlarida so‘z yuritiladi. Qissa janrining adiblar ijodi misolida poetik strukturasi ham bir qancha tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan, Sh.Doniyorova, U.Rasulova va M.Boboxonovlarning[2] bu borada amalga oshirgan ishlari ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

 

[1] Султонов И. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1986; Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. – Тошкент: Шарқ, 2004; Қўшжонов М. Моҳият ва бадиият. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977; Назаров Б. Ҳаётийлик – безавол мезон. – Тошкент: Фан, 2008; Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Шарқ, 2002; Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. – Тошкент: Муҳаррир, 2011; Солижонов Й. ХХ асрнинг 80-90 йиллари ўзбек насрида бадиий нутқ поэтикаси. Филол. фан. док... дисс.  – Тошкент, 2002; Солижонов Й. Ҳақиқатнинг синчков кўзлари. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2009;  Қуронов Д. Адабиётшуносликка кириш. – Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ меъроси нашриёти, 2004; Қуронов Д. Чўлпон ҳаёти ва ижодий мероси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1997; Қуронов Д. Адабиётшунослик назарияси. – Тошкент: Академнашр, 2018.

[2] Дониёрова Ш. Омон Мухтор ижодида янгича талқинлар. – Тошкент: Turon zamin ziyo, 2017. –Б.112.; Расулова У. ХХ аср ўзбек қиссачилиги (поэтик изланишлар ва тараққиёт тамойиллари). Филол.фан.док...дисс. – Тошкент: 2020. –Б.249.; Бобохонов М. Ўзбек қиссачилигида бадиий психологизм. – Тошкент: Баёз. 2014. –Б.132.

Published

2025-06-05

How to Cite

ADABIYOTSHUNOSLIKDA QISSA JANRINING O‘RGANILISHI VA UNING TARAQQIYOT BOSQICHLAR. (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 70(9), 126-132. https://scientific-jl.com/obr/article/view/18865