SHAXSGA QARSHI JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFI VA TURLARI
Keywords:
Shaxsga qarshi jinoyatlar deganda, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy erkinligi, ozodligi, sha’ni va qadr-qimmati, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari hamda oila, yoshlar va voyaga yetmaganlarning manfaatlarini muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishlar tushuniladi.Abstract
Shaxsga qarshi jinoyatlarni Jinoyat kodeksi Maxsus qismining birinchi
bo‘limidan o‘rin olishi respublikamizda aynan shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, uning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini oliy qadriyat sifatida himoya
qilishning konseptual g‘oyalaridan kelib chiqadi. Mazkur konsepsiyaning o‘zi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida: “O‘zbekiston Res-
publikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson,
uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi”, – degan qoidaga asoslangan. Shundan kelib chiqqan holda, shaxs
manfaatlarini, uning huquq va erkinliklarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunining asosiy vazifasi hisoblanadi.
References
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun darslik. – T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023 – 184b
3.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – asosiy normativ hujjat.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi – jinoyat ishlari yuritilishi
tartibini belgilaydi.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – jinoyat huquqining asosiy prinsiplari
shu yerda belgilangan.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenum qarorlari
7.
M. Rustambayev. "Jinoyat huquqi (Maxsus qism)" – jinoyat turlarining tahlili.