PROBIOTIKLARNING PARRANDA (TOVUQ) ORGANIZMIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: probiotiklar, tovuqlar, ichak mikroflorasi, immunitet, mahsuldorlik, antibiotiklarga muqobil.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada probiotiklarning parrandalar, xususan,
tovuqlar organizmiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda probiotiklarning ovqat hazm
qilish tizimi faoliyati, immunitetni mustahkamlash, o‘sish va rivojlanish
ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, probiotiklar
tovuqlar ichak mikroflorasini muvozanatlashtirib, ozuqani o‘zlashtirish
samaradorligini oshiradi, immunoglobulinlar darajasini ko‘taradi va mahsuldorlikni
yaxshilaydi. Probiotiklar, shuningdek, patogen mikroorganizmlar darajasini
pasaytirish va antibiotiklarga muqobil sifatida foydalanish uchun istiqbolli vosita
sifatida tavsiya etiladi. Ushbu tadqiqot natijalari probiotiklarning zamonaviy
parrandachilikda ekologik xavfsiz va iqtisodiy samarali yechim sifatida qo‘llanish
imkoniyatlarini ochib beradi.