JAHON DINLARIDA OLIA VA NIKOH MAQSADLARI

Авторы

  • BAHRULLAYEV RAFAEL Автор

Ключевые слова:

Oila insoniyat jamiyatining eng qadimgi va asosiy ijtimoiy institutlaridan biridir. U biologik, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda, shuningdek, jamiyatdagi barqarorlik va axloqiy me’yorlarni saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi. Jahon dinlari tarixiy taraqqiyoti davomida oilaning shakllanishi va rivojlanishi diniy qadriyatlar va ko‘rsatmalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Har bir yirik din — Islom, xristianlik, yahudiylik, hinduiylik va buddizm — oilani nafaqat insonlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar tizimi sifatida, balki ilohiy irodani aks ettiruvchi muqaddas birlik sifatida ham ko‘radi.

Аннотация

Mazkur maqola jahon dinlarida oila va nikoh institutining o‘rni va ahamiyatini keng qamrovda yoritadi. Dastlab, oilaning jamiyatdagi asosiy ijtimoiy birlik sifatidagi ahamiyati ta’kidlanib, diniy ta’limotlarda oilaga berilgan e’tibor haqida so‘z yuritiladi. Islom dinida nikohning Alloh amri va Payg‘ambar sunnati sifatida talqin qilinishi, uning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy jihatlari tahlil etiladi. Xristianlikda nikoh muqaddas marosim sifatida qaralib, erkak va ayol o‘rtasidagi sadoqat va fidokorlik asosida oilani barpo etish tushunchasi yoritilgan. Yahudiylikda nikoh huquqiy va diniy majburiyatlar bilan mustahkamlangan ijtimoiy institut sifatida 
ko‘rsatilib, ketuba (nikoh shartnomasi)ning roli va ahamiyati tahlil qilingan.Maqolada zamonaviy davrda globalizatsiya va modernizatsiya jarayonlarining diniy qadriyatlar va nikoh institutiga ko‘rsatgan ta’siri ham alohida tahlil qilinadi.Muallif dinlarning 
oilani nafaqat biologik reproduksiya vositasi, balki axloqiy, ma’naviy va tarbiyaviy institut sifatida ko‘rishini ko‘rsatadi. Maqola orqali oila va nikohning diniy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni chuqur ochib berilgan. 

Библиографические ссылки

1.

"Омина" ижтимоий-маърифий электрон журналининг янги, 30-сони.

Рабиъул аввал – 1441/2019.

2.

Dinshunoslik. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. (Tahrir hay’ati: Xayrullaev M.,

Jo‘rayev M.) – T.: Sharq, 2002

3.

Injil (Bible) – Xristianlik muqaddas kitobi

4.

Oila va nikohga doir fiqhiy qarashlar. – T.: Imom Buxoriy nomidagi xalqaro

ilmiy-tadqiqot markazi nashriyoti, 2020.

5.

Islom sivilizatsiyasi markazi rasmiy sayti: www.islamcivilization.uz – Ilmiy

ma’rifiy maqolalar, sharhlar va tahliliy materiallar.

6.

. ZiyoNet elektron kutubxonasi: www.ziyonet.uz – Ma’naviy-ma’rifiy resurslar.

Опубликован

2025-05-05

Как цитировать

JAHON DINLARIDA OLIA VA NIKOH MAQSADLARI . (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 68(7), 28-35. https://scientific-jl.com/obr/article/view/11762