MAHSULDOR SIGIRLARDA MASTITNING SABABLARI HAMDA ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar. mahsuldor sigirlarda yelining tuzilishi, fizologik jarayon, mastit kasaligining kelib chiqiish, sigirlarda uchrovchi mastit turlari, davolash chora tadbirlari dori vositalari, sut kanalari, sigirlarni saqlash, Stareptokokk va stafilokkoklarАннотация
Annotatsiya. Mastit (Mastitis) – sut bezining yallig‘lanishi bo‘lib, mexanik,
termik, kimyoviy va biologik omillarning ta’sirida rivojlanadi. A. P. Studensov
mastitlarning kechishi va oqibati patologik jarayonning joylashishi va
qo‘zg‘atuvchisining patogenlik xususiyatlariga qanchalik bog‘liq bo‘lsa
organizmning holati va sut bezi to‘qimasining reaktivligiga ham shunchalik bog‘liq
deb ta’kidlaydi. Mastitlar laktasiya va sutdan chiqarilgan davrlarda uchrashi mukin.
Kasallikning qo‘zg‘atuvchilari morfologik jihatdan bir turga mansub bo‘lib, ularning
biologik xususiyatlari, yelin to‘qimasi va organizmning reaktivligiga bog‘liq holda
yallig‘lanishlarning turli shakllari va ular birgalikda rivojlanishi mumkin. Shu bilan
birga turli mikroorganizmlar klinik kechishi va morfologik o‘zgarishlar kuzatilishiga
ko‘ra, yelinning bir xil yallig‘lanishlarini chaqirishi mumkin.