RO‘ZA VA AQLIY FAOLIYAT: OVQATLANISH TARTIBINING KOGNITIV FAOLLIKKA TA’SIRI

##article.authors##

  • Abdullayeva D.G ##default.groups.name.author##
  • Xaytbayeva Z.M. ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Shuningdek, stress va asabiylik darajasining individual farqlariga e’tibor qaratilib, ro‘za tutishning psixologik barqarorlik bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari asosida ro‘za davrida samarali ovqatlanish, optimal uyqu rejimi va diqqatni saqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy izlanish kelajakda ro‘za tutishning jismoniy va ruhiy salomatlikka ta’sirini chuqurroq o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiladi [3,4].

##article.abstract##

Ushbu maqolada ro‘zaning ovqatlanish, uyqu, kognitiv faoliyat va energiya darajasiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ro‘za tutuvchi talabalar orasida iste’mol qilingan mahsulotlar, uyqu davomiyligi va diqqat-e’tibor o‘zgarishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi. Ro‘za davomida talabalarning aksariyati ratsional ovqatlanishga e’tibor qaratgani, biroq energiya pasayishi va uyqu rejimining o‘zgarishi kognitiv faoliyatga turlicha ta’sir qilgani aniqlandi. Ba’zi tadqiqotlar ro‘za davomida uyqu sifati va kognitiv faoliyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatgan bo‘lsa [1], boshqalari esa ovqatlanish tartibining aqliy ishlash samaradorligiga bevosita ta’sir qilishini qayd etgan [2].

##submission.citations##

1.

Ratsional ovqatlanish – Saharlik va iftorlik paytida oqsil va murakkab

uglevodlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish, tez hazm bo‘ladigan shirinliklardan

ko‘ra foydali yog‘lar va tolali mahsulotlarga e’tibor qaratish muhim [8].

2.

Yetarli miqdorda suyuqlik ichish – Ro‘za davrida suv tanqisligi oldini olish

uchun saharlik va iftorlik orasidagi vaqt ichida yetarlicha suv ichish tavsiya etiladi

[9].

3.

Uyqu rejimini tartibga solish – Ro‘za davrida uyquning qisqarishi sababli

kechqurun va kunduzi qisqa muddatli dam olish amaliyotini qo‘llash foydali bo‘lishi

mumkin [10].

4.

O‘qish va ish faoliyatini rejalashtirish – Talabalar uchun dars tayyorlash yoki

intellektual ishlarni bajarish uchun eng qulay vaqtlarni tanlash, masalan, ertalab yoki

iftordan keyin dars qilish samarali bo‘lishi mumkin [11].

5.

Stressni boshqarish – Ro‘za paytida stress va asabiylikni kamaytirish uchun

meditatsiya, yengil jismoniy mashqlar yoki nafas mashqlari kabi usullardan

foydalanish tavsiya etiladi [12].

Ushbu tadqiqot natijalari ro‘za davrida talabalarning salomatligi va samaradorligini

oshirish uchun muhim tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi. Kelajakda ushbu

mavzuda turli yosh guruhlari va kasb egalari o‘rtasida ham tadqiqotlar olib borish

foydali bo‘lishi mumkin.

##submissions.published##

2025-05-09