BIOMETRIK AUTENTIFIKATSIYANING XAVFSIZLIK TAHDIDLARI VA HIMOYA USULLARI TAHLILI

##article.authors##

  • Jabbarov Nuriddin Akbarovich ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: biometrik autentifikatsiya, axborot xavfsizligi, tahdidlar, himoya usullari, spoofing, ko‘p faktorli autentifikatsiya, kriptografik himoya, tiriklikni aniqlash, autentifikatsiya protokoli, sessiya xavfsizligi.

##article.abstract##

Annotatsiya. Ushbu maqolada biometrik autentifikatsiya tizimlariga tahdid soluvchi xavfsizlik muammolari tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish uchun mavjud texnik va tashkiliy himoya usullari ko‘rib chiqiladi. Avvalo, autentifikatsiya protokollariga nisbatan amalga oshiriladigan hujumlar — masqarad, takroriy uzatish, soxtalashtirish, kechiktirish va tanlangan matn asosidagi hujumlar turlari bayon qilinadi. Asosiy e’tibor biometrik autentifikatsiya vositalariga, xususan, foydalanuvchining barmoq izi, yuz tasviri yoki boshqa jismoniy-biologik belgilariga asoslangan tizimlarga qaratilgan. Har bir tahdid turi yuzaga kelish ssenariysi bilan birga tahlil qilinadi va unga nisbatan taklif etiladigan samarali himoya choralari — tiriklikni aniqlash texnologiyalari, kriptografik shifrlash, ko‘p faktorli autentifikatsiya, vaqt belgilari, sessiya nazorati kabi yondashuvlar bilan tavsiflanadi. Maqolada keltirilgan jadval biometrik autentifikatsiya tahdidlarini tizimli ko‘rinishda taqdim etib, ularni baholash va solishtirish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari biometrik xavfsizlik tizimlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi texnologik yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

##submissions.published##

2025-06-05