“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ODOB-AXLOQ MASALALARI
##semicolon##
“Hayrat ul-abror” – Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi birinchi dostoni bo‘lib, unda shoir tasavvufiy, axloqiy va ijtimoiy masalalarni badiiy obrazlar orqali ochib beradi. Asarning asosiy maqsadi – odamzodga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, uni ezgulik sari boshlashdir. Dostonning deyarli har bir hikoyatida axloqiy bir saboq mujassam. Navoiy odobni inson kamolotining poydevori sifatida ko‘rsatadi.##article.abstract##
O‘zbek mumtoz adabiyotida axloqiy-g‘oyaviy masalalarni yuksak badiiy darajada ifodalashda Nizomiy, Sa’diy, Alisher Navoiy singari ulug‘ shoirlarning hissasi beqiyosdir. Ayniqsa, Alisher Navoiy yaratgan “Hayrat ul-abror” dostoni nafaqat o‘z davrining axloqiy-me’yoriy qarashlarini, balki umuminsoniy qadriyatlarni teran anglatgan asarlardan biridir. Bu doston orqali shoir insoniy fazilatlar, odob-axloq, adolat, ilm, kamtarlik, to‘g‘rilik va halollik kabi yuksak tushunchalarni targ‘ib qiladi. Ushbu maqolada dostonning asosiy g‘oya va mazmuni doirasida odob-axloq masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi.
##submission.citations##
1. Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2020. –384 b.
2. Ishoqov Y. So’z san’ati so’zligi. – T.: O’zbekiston, 2014. – 320 b.
3. Shamsiyev P., Ibrohimov S. Navoiy asarlari lug’ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom,
1972. – 784 b.
4. Sirojiddinov Sh. Yusupova D. Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent:
Akademnashr, 2020. – 576 b.