QONUN USTUVORLIGI TAMOYILINING O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI QURISHDAGI AHAMIYATI
##semicolon##
Mamlakat va fuqarolar manfaatlarining uyg‘un holatda amalga oshuvining asosiy mexanizmi qonunlar oldida oddiy fuqarodan tortib eng yuqori lavozimni egallab turgan amaldorlarga barobarli-gi, ularning qonunlarga so‘zsiz itoat qilishi hisoblanadi. Bu tamoyilni shakllantirish O‘zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda.##article.abstract##
Qonun ustuvorligini ta’minlash demokratik jamiyatni shakl-lantirishning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, avvalo qonunlar fuqarolarning bevosita yoki bilvosita ishtiroki bilan ishlab chiqiladi, ularning xohish
va iro-dasini o‘zida aks ettiradi. Ammo ko‘pgina qabul qilingan qonunlar real hayotga joriy qilinmasdan qog‘ozda qolib ketadi. Sababi, birin-chidan, qonunni qabul qilish davridagi jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan uni amalga oshirish imkoniyati o‘rtasidagi
nomutanosiblik-ning mavjudligi. Ikkinchidan, qonunlarni yaratishdagi mahorat va salohiyatning (professionalizm) yetishmasligidir. Uchinchidan, fuqa-rolarning ham qonunlardan to‘la foydalanishga salohiyati yetarli darajada bo‘lmasligi. Ammo, nima
bo‘lganda ham qabul qilingan qonunlarga amal qilish hayotiy zaruriyat hisoblanadi. Chunki, u nafa-qat, huquqlar tizimi bilan, shuningdek mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy hayoti bilan bog‘liqdir. Ularni o‘zida ifodalagan qonunlarning “ishonmasligi” yoki poymol qilinishi mavjud ekan, jamiyat hayotida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
##submission.citations##
Demak, demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo‘lgan qonun ustuvorligi
mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir.