DVIGATEL MOYLASH TIZIMINI TAHLILI.
##semicolon##
Silindr va porshen devorlari, porshen barmoqlari, taqsimlash shesternyalari sachratish yo’li bilan moylanadi. Tirsakli val podshipniklaridan chiqayotgan moy tirsakli valni tez aylanishi natijasida sachratilib moy tumani xosil qilinadi.##article.abstract##
Ko’pchilik dvigatellarda kombinatsiyalashgan moylash tizimi ishlatiladi. Ya’ni katta yuklanish ostida ishlaydigan detallarga moy bosim ostida, qolganlariga sachratish va o’z-o’zidan oqish (samotok) moylash bilan beriladi. Bosim ostida tirsakli valning asos va shatun podshipniklari, klapan mexanizmi, taqsimlash vali vtulkasi va taksimlash shesternyalari moylanadi. Dvigatel moylash tizimi (1-rasm) karter poddoni (osttogora) 1, moy nasosi 2, filtr 6, radiator 8, kanal va trubaprovodlar, manometr 11 va moy kuyish ogzi 16 dan iborat. Moy satxi moy o’lchash tayoqchasi 4 orqali o’lchanadi. Dvigatel ishi jarayonida moy karter poddonidan shesternyali
nasos yordamida surilib filtrga bosim ostida yuboriladi. Filtrda tozalangan moy radiatorida sovitilib asosiy moy kanali 13 ga yuboriladi. Bu kanaldan moy blok va tirsakli val kanallariga bo’linib ketadi. Tirsakli val qiya kanallaridan moy
xarakatlanib shatun bo’yni ichi 14 ga tushadi va shu yerdagi teshik orqali bo’yin yuzasiga chiqadi.. Natijada shatun podshipniklari moylanadi. SHu tartibda koromislo, vtulkalar, taqsimlash vali turtkimchalari moylanadi.
##submission.citations##
1. Fayzullayev E. va boshqalar. Transport vositasining tuzilishi va nazariyasi.
Darslik.Toshkent:Yangi asr avlodi, 2006. -375 bet.
2. Mamatov X. Avtomobillar. Darslik. Toshkent: O’zbekiston, 1995. -336 bet.
3. Holiqberdiyev T.U.Mashinasozlik texnalogiyasi asoslari. Darslik. Toshkent:
O’zbekiston, 2008. -304 bet.
4. Gurin F.V., Klepikov V.D., Reyn V.V. Avtomobilsozlik texnologiyasi. Darslik.
Toshkent; O’zbekiston, 2001. -239 bet.