BROYLER JOʻJALARIGA XITOZAN VA SUT ZARDOBI KUKUNINING TA’SIRINI OʻRGANISH
##semicolon##
Kalit soʻzlar. Xitozan, xitin, quruq sut zardobi, gemoglobin, broyler, parrandachilik, oqsil, zardob##article.abstract##
Annotatsiya. Respublikamiz aholisining ozuqa mahsulotlariga boʻlgan
ehtiyojlarini yanada yaxshiroq qondirish Respublikamiz Prezidentining qator
farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida katta iqtisodiy hamda siyosiy
masala deb belgilangan. Prezidentimizning “2016-2020 yillarda qishloq xoʻjaligini
yanada isloh qilish va rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ 2460-sonli
qarori va shu qaror ijrosi yuzasidan qabul qilingan chora – tadbirlar dasturining
ijrosini ta’minlash barcha soha mutasaddilari, shuningdek chorvachilik va
parrandachilik tarmoqlarida faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislarning zimmasiga ham
muhim vazifani yuklaydi. Hozirgi davrda Respublikamizda parrandachiliknining
joʻjachilik yoʻnalishini rivojlantirishga katta e’tibor berib kelinmoqda.