ONALAR O’LIMIDA BUYRAK USTI BEZI PATOMORFOLOGIYaSINING XOS JIXATLARI

Authors

  • Shokirov Xumoyunmirzo Umidjon o’g’li Author

Abstract

Muammoni dolzarbligi. Onalar o’limi dolzarb muammolar biri bo’lib, butun dunyoda axolini  barcha  ijtimoiy iqtisodiy jixatlarini belgilovchi muxim mezon bo’lib, YuNISEF 2020 ma’lumotlari bo’yicha, dunyoda xomilador ayollar o’limi 2020 yilda 287000 mingtani tashkil etib,  shulardan 72,3% ni rivojlanayotgan davlatlar  xissasiga to’g’ri keladi. AQSh va Evropa davlatlarida onalar o’limi o’rtacha, 100mingta xomilador ayollarga 24tani tashkil etsa, Rossiya Federastiyasida bu ko’rsatkich 100 mingtaga 36,5 tani, Azarbaydjan, Albaniya, Armaniston, Bosniya va Gerstegovina, Gruziya, Turkiya, Qirg’izistonda bu ko’rsatkich 100 mingtaga 61,3 tani tashkil etsa,  Tojikiston va Turkmanistonda bu ko’rsatkich  yuritilmaganligi, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 2022 yilda 100 mingtaga 179tani tashkil etganligi aniqlangan. Bu ko’rsatichni rivojlanayotgan, MDX davlatlarida yuqori ko’rsatichlar bilan xarakterlanadi. Aynan, onalar o’limida turli etiologiyali tanotogenezni muxim jixatlari, bu xomiladorlikka aloqador va aloqador bo’lmagan kasalliklar bo’lib, aksariyat,  reproduktiv ayollarda  ekstragenital kassalliklarni xomiladorlik paytida qo’zishi yoki skrining qilish imkoniyatini bo’lmasligi bilan xarakterlanib, xomiladorlikni 2 va 3- oyida  to’satdan endokrin buzilishlar jumladan buyrak usti bezining patologiyalari muxim xisoblanadi.

Published

2025-05-15

How to Cite

Shokirov Xumoyunmirzo Umidjon o’g’li. (2025). ONALAR O’LIMIDA BUYRAK USTI BEZI PATOMORFOLOGIYaSINING XOS JIXATLARI. PEDAGOGS, 81(1), 379-380. https://scientific-jl.com/ped/article/view/13770