ONALAR O’LIMIDA BUYRAK USTI BEZI PATOMORFOLOGIYaSINING XOS JIXATLARI
Abstract
Muammoni dolzarbligi. Onalar o’limi dolzarb muammolar biri bo’lib, butun dunyoda axolini barcha ijtimoiy iqtisodiy jixatlarini belgilovchi muxim mezon bo’lib, YuNISEF 2020 ma’lumotlari bo’yicha, dunyoda xomilador ayollar o’limi 2020 yilda 287000 mingtani tashkil etib, shulardan 72,3% ni rivojlanayotgan davlatlar xissasiga to’g’ri keladi. AQSh va Evropa davlatlarida onalar o’limi o’rtacha, 100mingta xomilador ayollarga 24tani tashkil etsa, Rossiya Federastiyasida bu ko’rsatkich 100 mingtaga 36,5 tani, Azarbaydjan, Albaniya, Armaniston, Bosniya va Gerstegovina, Gruziya, Turkiya, Qirg’izistonda bu ko’rsatkich 100 mingtaga 61,3 tani tashkil etsa, Tojikiston va Turkmanistonda bu ko’rsatkich yuritilmaganligi, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 2022 yilda 100 mingtaga 179tani tashkil etganligi aniqlangan. Bu ko’rsatichni rivojlanayotgan, MDX davlatlarida yuqori ko’rsatichlar bilan xarakterlanadi. Aynan, onalar o’limida turli etiologiyali tanotogenezni muxim jixatlari, bu xomiladorlikka aloqador va aloqador bo’lmagan kasalliklar bo’lib, aksariyat, reproduktiv ayollarda ekstragenital kassalliklarni xomiladorlik paytida qo’zishi yoki skrining qilish imkoniyatini bo’lmasligi bilan xarakterlanib, xomiladorlikni 2 va 3- oyida to’satdan endokrin buzilishlar jumladan buyrak usti bezining patologiyalari muxim xisoblanadi.