TO‘LEPBERGEN QAYIPBERGENOVNING "QORAQALPOQ QIZI" ROMANIDA NUMERATIVLARNING QO‘LLANILISHI
Abstract
Ilmda qanday olg‘a siljish, rivojlanish bo‘lmasin, u bevosita mezonlar bilan
bog‘liq. Tilimizda bunday birliklarning o‘rni va ahamiyati alohida.
Narsalarning miqdorini o‘lchashda ishlatiladigan so‘zlar numerativ so‘zlar deb
ataladi. Qoraqalpoq tili grammatikasida numerativ so‘zlarning o‘rni va bajaradigan
vazifasi alohida. Tilshunos olimlar bunday miqdorni bildirib keladigan so‘zlarni har
xil ataydi "hisob so‘zlar," "son bilan narsaning o‘rtasida qo‘llaniladigan so‘zlar,"
"numerativlar," "klassifikatorlar." Biz bunday so‘zlarni tilshunoslikda qabul qilingan
shakli bo‘yicha numerativlar deb atadik. Numerativ so‘zining ma’nosi haqida turli
adabiyotlarda bir-biriga yaqin fikrlar aytilgan. Shuningdek, numerativ so‘zi numer
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, numer so‘ziga bog‘liq bir qancha fikrlar bor. A.N.
Chudinovaning "Inostrannie slova na russkom yazike" nomli asarida quyidagicha
izohlar berilgan: numer- nomer, numer kabi lotin tilidagi so‘zlardan kelib chiqib,
narsaning tartibini bildiruvchi son, alohida kitob, mehmonxonadagi xona, degan
ma’nolarni anglatadi deb ko‘rsatgan. Rus tilining etimologik lug‘atida esa, "numer"
so‘zining "nomer" so‘zi bilan mi?
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. R.T.Sobirxonova. M-J.Ko‘peev asarlaridagi metrologik leksika. - Pavlodar, 2008.
2. P.Hamdamov. Hozirgi o‘zbek tilida numerativlar. - Toshkent: Fan, 1983.
3. T.Qayipberganov. Qoraqalpoq qizi. - Nukus: Qoraqalpog‘iston, 1975.