ASAD DILMURODNING “FANO DASHTIDAGI QUSH” ROMANIDA BADIIY USLUB TAHLILI.

Authors

  • Toirova Zubayda Omongaldiyevna Author

Keywords:

Kalit so‘zlari: roman, ramziylik va ijodiy individuallik, tasavvufiy timsollar, tush motivi, asar kompozisiyasi, konsepsiya, modus, badiiy toʻqima.

Abstract

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  o‘zbek  adabiyotining  yirik  vakillaridan  biri 
Asad Dilmurod tomonidan yaratilgan “Fano dashtidagi qush” romanining badiiy uslubi 
tahlil qilinadi. Asar badiiy shakl va mazmun jihatdan falsafiy chuqurlik, ichki tafakkur 
oqimi  va  obrazli  til  vositalarining  uyg‘unligi  bilan  ajralib  turadi.  Tadqiqotda 
muallifning poetik mahorati, ramziy obrazlar yaratishdagi yondashuvlari, psixologik 
tahlil usullari, badiiy tafakkurning ifodasi sifatida til va uslub  masalalari markazga 
olinadi.  “Fano  dashtidagi  qush”  romanida  badiiy  uslub  masalalari  adibning  fikriy-
estetik  dunyoqarashi  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Asarda  tasviriy  vositalarning 
serqirraliligi, tilning poetikligi, falsafiy qatlamlarning chuqur ifodasi romanning badiiy 
uslubini boyitadi. Muallif hayot va o‘lim, insoniylik va fano, ruhiyat va ma’naviyat 
kabi  murakkab  mavzularni  badiiy-falsafiy  yo‘sinda  yoritishda  o‘ziga  xos  lirizm, 
ramziylik va ichki monologlar orqali obrazlar dunyosini ochib beradi.  

References

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Asad Dilmurod. Tanlangan asarlar. 1-jild. –T: “Sharq”. 2012. –B.7

2. Aytmatov Ch., Shoxonov M. Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori. –T: “Yangi asr

avlodi”. 2019. –B.153.

3. Erix Fromm. Inson qalbi. –T: “Oʻzbekiston”. 2016. –B.72-73.

4. Joʻraqulov U. Nazariy poetika masalalari. –T: “Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot

matbaa-ijodiy uyi”. 2015. –B.118-119.

5. Karimov H. Kechagi oʻzbek nasrida hayot haqiqati va inson konsepsiyasi (70-80-

yillar) -T.:Yangi nashr. 2018. –B.143.

6. Qoʻchqorova M. Badiiy soʻz va ruhiyat manzaralari. –T.: “Muharrir”. 2011. -B.169.

7. Qoʻshjonov M. Tanlangan asarlar. –T.: Sharq. 2019. –B.395.

8. Quronov D. Nazariy qaydlar. –T.: Akademnashr. –B.4.

9. Yoqubov I. Badiiy matn va estetik talqin. –T: “Fan va texnologiyalar nashriyoti”.

2013. –B. 94.3

Published

2025-05-14

How to Cite

Toirova Zubayda Omongaldiyevna. (2025). ASAD DILMURODNING “FANO DASHTIDAGI QUSH” ROMANIDA BADIIY USLUB TAHLILI . TADQIQOTLAR, 62(2), 18-25. https://scientific-jl.com/tad/article/view/13544