“YOSHLIK – 1” KONI PORFIRLI MIS MA’DANLARINI FLOTATSIYA USULIDA BOYITISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH.

Authors

  • Halimov Sherali Anvar o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Yoshlik-1 koni, mis-porfir rudasi, flotatsion boyitish, gravitatsion ajratish, mis-molibden konsentrat, oltinni ajratib olish, reagent yig‘uvchi, samaradorlik, texnologik ko‘rsatkichlar, kKalit so‘zlar: Yoshlik-1 koni, mis-porfir rudasi, flotatsion boyitish, gravitatsion ajratish, mis-molibden konsentrat, oltinni ajratib olish, reagent yig‘uvchi, samaradorlik, texnologik ko‘rsatkichlar, kollektiv flotatsiya. ollektiv flotatsiya.

Abstract

 
Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  “Yoshlik-1”  konining  mis-porfir  rudalarini 
flotatsion  va  gravitatsion-flotatsion  usullar  asosida  boyitish  samaradorligi 
o‘rganilgan. Rudadagi mis, oltin va molibden elementlari mayda dispers va birikkan 
holatda joylashgani sababli, ularni ajratib olishda kollektiv flotatsiya usuli tanlandi. 
Olib  borilgan  yopiq  siklli  tajribalar  "Olmaliq  KMK"  AJning  MOF-1  texnologik 
sxemasi  asosida  tashkil  etildi.  Tajribalar  davomida  mis-molibden  kollektiv 
konsentratining unumdorligi 6–9 %, misni ajratib olish darajasi 83–89 %, oltin uchun 
74–81 %, molibden uchun esa 80–88 % ni tashkil etdi. Gravitatsion ajratish sxemaga 
kiritilganda, oltinni umumiy ajratib olish darajasi 3,15 % ga oshdi va 135 g/t oltinli 
gravitatsion  konsentrat  olindi.  Shuningdek,  yig‘uvchi  reagentlar  sifatida  YAN-1, 
butilkali ksid karbonat (BKK) hamda ularning aralashmalari qo‘llanildi. Tadqiqotlar 
natijasida  “Yoshlik-1”  rudasini  flotatsion  boyitishda  kompleks  reagent  tanlovi, 
jarayon oldidan gravitatsion ajratish va texnologik ko‘rsatkichlar optimallashtirilishi 
boyitish samaradorligini sezilarli oshirishini ko‘rsatdi. 

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Umarova I.K., Maxmarejabov D.B., Mamatqulov X.F. “Yoshlik-1” konining mis-

porfir rudalarini boyitish bo‘yicha tadqiqotlar // Scientific Progress. – 2021. – Vol.

2, Issue 2. – B. 641–646. – ISSN: 2181-1601.

2. Umarova I. K., Matkarimov S. T., Maxmarejabov D. B. (2019). Amantaytau

konining oltin tarkibli rudalarining moddiy tarkibini o‘rganish va gravitatsion

boyitish. zamonaviy texnologiyalar : dolzarb masalalar, yutuqlar va innovatsiyalar

to‘plamida (65-69 betlar).

3. Худояров, С. Р., & Махмарежабов, Д. Б. (2020). Изучение вещественного

состава и обогатимости проб руд месторождения амантайтау. In world

science: problems and innovations (pp. 18-21).

4. Umarova I. K., Maxmarejabov D. B., Soledinova E. E. (2021). Tebinbuloq koni

temir tarkibli ma’danlarining moddiy tarkib xususiyatlarini tadqiq etish. Ilmiy

taraqqiyot, 2(1), 317-322.

5. Umarova I. K., Maxmarejabov D. B., Saydiraximova M. I. (2021). Qo‘ytosh

konining volfram tarkibli ma’danlari moddiy tarkibini o‘rganish. “Fan, ta’lim,

innovatsiyalar: Dolzarb masalalar va zamonaviy jihatlar” to‘plamida (70-73-betlar).

6. Umarova I.K., Maxmarejabov D.B. & Axmedov B.M. (2021). Qo‘chbuloq va

Qizilalma konlaridagi oltin tarkibli ma’danlarning moddiy tarkibini o‘rganish.

Ilmiy taraqqiyot, 2(1), 749-755.

7. Bekpulatov, J. M., Maxmarejabov, D. B., Umirzoqov, A. A., & Kushnazorov, I. S.

O‘. (2021). Boyitilishi qiyin bo‘lgan oltin tarkibli rudalarni uzluksiz jarayon

tamoyili bo‘yicha flotatsiyalashning amaliy ahamiyati. Ilmiy taraqqiyot, 2(1), 1266-

1275.

Published

2025-05-21

How to Cite

Halimov Sherali Anvar o‘g‘li. (2025). “YOSHLIK – 1” KONI PORFIRLI MIS MA’DANLARINI FLOTATSIYA USULIDA BOYITISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH . TADQIQOTLAR, 62(5), 23-27. https://scientific-jl.com/tad/article/view/15094