MUVAFFAQIYAT SARI BIRINCHI QADAM
Abstract
Kerol Duek
Kirish
Muvaffaqiyatning yagona o’lchovi va hayotda qanday muvaffaqiyatli bo’lish
mumkin degan savolga birgina aniq javob mavjud emas. Biroq, muvaffaqiyatli
insonlarning ba’zi odatlariga nazar solib, o’z kundalik hayotingizga tatbiq etish mumkin
bo’lgan yangi taktika va strategiyalar haqida bilib olishingiz mumkin. Ushbu aqliy
salohiyatlarni rivojlantiring hamda parvarishlang va vaqti kelib hayotda siz istagan
muvaffaqiyatga albatta erisha olasiz.
Psixolog tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, o’zgarmas
tafakkur egalari muvaffaqiyat bu, mashaqqatli mehnat natijasi emas balki tug’ma
xislatlar natijasidir, aql-idrok esa statik va o’zgarmas deb hisoblashadi. Ular inson
bunday iste’dodlarga ega bo’lib tug’ilishi yoki buning aksi bo’lishi mumkin, deb
bilishadi.