ISLOMDA IXTILOF MADANIYATI: RAHMAT YOKI FITNA?
Abstract
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ummatimgning ixtilofi rahmatdir”,
deganlar. Garchi “ixtilof” so‘zi o‘z ichida qarama-qarshilik ma’nosini qamrab olsa-da,
bu hadisdagi mazmun Islomdagi ba’zi ixtiloflarning ijobiy jihatga ega ekanini
ko‘rsatadi. Shu ma’noda, ulamolar bu hadisni shariat doirasidagi ijtihodiy ixtilof
sifatida tushuntirganlar.
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: “Allohga va Rosuliga
itoat qilingiz va nizolashmangiz, aks holda sustlashib ketursiz va ‘shamolingiz’
(obro‘yingiz) ketib qolur” (Anfol, 46). Bu oyatdan ma’lum bo‘ladiki, fitnaga olib
boradigan ixtiloflar, ya’ni o‘zaro dushmanlik va qarama-qarshiliklar ummat uchun
zararli.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz qadar borasida o‘zaro
tortishayotgan edik, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam oldimizga chiqdilar va
g‘azab qilib, yuzlari qizarib ketdi. So‘ng: “Sizlar shunga buyurildingizmi? Men
sizlarga shuni olib keldimmi?! Sizlardan oldingilar shu ishda nizolashganlari tufayli
halok bo‘ldilar”, dedilar» (Imom Termiziy, Sunan, 2133).
References
Foydalanilgan adabiyotlar
- Al-Qur’an al-Karim, Surah al-Anfal, 46.
- Imam al-Tirmizi. (n.d.). *Sunan al-Tirmizi*, Hadith no. 2133.
- Ibn Majah. (n.d.). *Sunan Ibn Majah*, Hadith no. 3950.
- Imom Shofe‘iy. (n.d.). *al-Risālah*.
- Ibn Rajab al-Hanbali. (n.d.). *Jāmiʿ al-ʿUlūm wa-l-Ḥikam*.
- Yusuf Qarzoviy, Y. (1994). *Fiqh al-Ikhtilaf*. Cairo: Maktabah Vahbah.