YURIDIK XIZMAT XODIMINING PSIXOLOGIK KOMPETENSIYASI KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Yuristning kasbiy faoliyatining xususiyatlari huquqiy professional
funksiyalarining xususiyatidan kelib chiqadi. Yuristlar davlatning huquqiy sohasi bilan
boshqalarga qaraganda kuchliroq bog‘langanlar, chunki qonunlarni bilish va
ma’lumotni tezda topish va qayta ishlash qobiliyati ularning kasbiy muvaffaqiyatidagi
asosiy rolni o‘ynaydi. Huquqiy ongni shakllantirish – huquqiy sikl kasblari
vakillarining o‘ziga xos xususiyatidir.
Har qanday kasbiy faoliyatda, ayniqsa insonlar bilan zich olib boriladigan “inson
va inson” kasbida haqiqiy professionallikni rivojlantirishning asosiy mezoni kasbiy
mahorat, professional kompetensiya va albatta professional kompetensiyaning
ajralmas qismi bo‘lgan psixologik kompetensiya vakolatdir. Psixologik
kompetensiyaning rivojlanganligi, kasbiy kompetensiyaning yuqori darajadagi
professionallikning muhim tarkibiy qismi va ko‘rsatkichidir.
Yuridik xizmat xodimining kasbiy faoliyatida ham psixologik kompetensiya
ko‘nikmalarining rivojlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.