ABU BAKR JASSOS: HAYOTI, TAFSIR ILMIGA QO‘SHGAN HISSASI VA FIRQALAR HAMDA MAZHABLARGA BERGAN RADDIYALARI.
Abstract
Movarounnahr diyori ko’plab ilmlarga beshik bo’lib uni dunyoga taqdim etgan.
Shu yo’sinda tafsir ilmi doirasida ham katta ahamiyatga ega. Movarounnahr
mufassirlari, asosan, islom madaniyatining rivojlanishi va Qur'on tafsirining
mustahkamlanishi davrida muhim rol o'ynagan. Movarounnahr – O'rta Osiyoning
qadimgi hududlaridan biri bo'lib, bugungi kunda O'zbekiston, Qozog'iston va
Qirg'izistonning ayrim qismlarini o'z ichiga oladi. Bu hudud islom tarixida muhim o'rin
tutgan va ko'plab mufassirlar bu yerda faoliyat yuritganlar.
Movarounnahr mufassirlari Qur'onni chuqur o'rganish, tafsir qilish va
musulmonlarning diniy bilimlarini oshirishda katta hissa qo'shgan. Bu mufassirlar o'z
asarlarida Qur'on va sunnatni izohlar, ularning ma'nolarini tushuntiradilar, hamda
ijtimoiy hayotda amaliy ko'rsatmalar beradilar.