BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Integratsiyalashgan dars, boshlang‘ich ta’lim, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, fanlararo integratsiya, interfaol usullar, pedagogik metodlar.Abstract
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni tashkil
etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Integratsiyalashgan ta’lim – o‘quvchilarning turli fanlar
bo‘yicha bilimlarini yaxlit holda shakllantirish, mavzular o‘rtasidagi bog‘liqlikni
anglash hamda amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi
zamonaviy pedagogik yondashuvdir. Maqolada integratsiyalashgan ta’limning nazariy
asoslari, pedagogik afzalliklari hamda boshlang‘ich sinflarda bu usulni samarali joriy
etishning usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, dars jarayonida interfaol metodlardan,
xususan, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi
so‘z va matematika o‘yinlaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘yinli o‘qitish metodlari bolalarning qiziqishini oshirib,
ularning o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Boshlang‘ich sinflarda
integratsiyalashgan darslarni tashkil etish o‘qituvchilardan zamonaviy metodlarga
tayangan holda dars rejalashtirish va turli fanlar o‘rtasidagi aloqadorlikni samarali
tashkil etish ko‘nikmalarini talab qiladi. Shu sababli, ushbu maqolada boshlang‘ich
ta’limda integratsion yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, ularni
takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Tilakova, M. E. (2024). Boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta'limdan
foydalanish...
2. Matupayeva, Sh. Z., & Abdullayeva, D. I. (2023). Boshlang‘ich sinflarda
integratsion o‘qitish...
3. Baamboozle. (2023). Boshlang‘ich sinf uchun so‘z o‘yinlari...