IMON MOHIYATIDAGI IXTILOFLAR TAHLILI

Authors

  • Muhammadali ZOHIDOV Author

Abstract

Imon masalasi islom aqidasining ajralmas va dolzarb qismi hisoblanadi.  Imon 
masalasiga taʼrif beruvchi olimlarni shartli ravishda oltita guruhga ajratish mumkin: 
Birinchi guruh – Ahli sunnaning ommasi boʻlib, ular imonga “ ناسللاب رارقلا ا وه
 بلقلاب قيدصتلاو [Huval iqror billisan va at-tastiq bil qolb[ Imon bu til bilan iqror qilish va 
qalb  bilan  tasdiq  qilishdir,  deb  taʼrif  berishgan.  Yaʼni,  imon  u:  qalbi  tilidagini 
tasdiqlashidir. Chunki, qalb bilan tasdiq qilish imonning haqiqatini yuzaga chiqaradi. 
Imonga  tegishli  hukmlar  esa  til  bilan  iqror  qilish  orqali  joriy  boʻladi.  Imom  Abu 
Hanifadan ham “Albatta, imon u qalb bilan tasdiq qilishdir. Til bilan iqror qilish esa 
tasdiqqa dalildir, rukun emas”, degan rivoyat bor 1 . Ushbu taʼrif baʼzi ashʼariylar va Abu 
Mansur Moturidiyga ham tegishlidir 2 .  

Published

2025-06-02

How to Cite

Muhammadali ZOHIDOV. (2025). IMON MOHIYATIDAGI IXTILOFLAR TAHLILI . TADQIQOTLAR, 63(3), 161-166. https://scientific-jl.com/tad/article/view/18013