RUHIY ZO‘RIQISH VA UNI OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Abstract
Insonning har qanday faoliyati aqliy, ijodiy va jismoniy ishlari zo‘riqishni talab
qiladi. Shunday yo‘l bilan insonlar hayotiy vaziyatlardaoldilarida turgan vazifalarga
uzoq vaqt ishni diqqatlarini jamlab, ularni ishonch bilan to‘liq yecha oladilar. Inson
ishni muvffaqiyatli tugatgandan so‘ng yengillashish va bo‘shashish hissini boshdan
kechiradi.Bu holat bo‘shashish deb ataladi. Nerv va gormonal yo‘llar orqali zo‘riqib,
funksiyaning organik (stress) muvaffaqiyatga erishishda muhim omil hisoblanadi. U
inson uchun zararli hisoblanmaydi, agar sarflangan energiya tezda bo‘shashish orqali
qayta tiklansa,tanafusslar va bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish yo‘li bilan
bo‘shashishga erishish mumkin. Bo‘shashishga boshqa faoliyat turiga ko‘chish orqali
ham erishish mumkin. Lekin zo‘riqish inson ijodiy faoliyatini tormozlashi, ish
qobiliyatini pasaytirishi,sog‘liqqa zararli ta’sir ko‘rstishi mumkin. Agar bo‘shashish
yetarlicha bo‘lmasa,yuqoridagi xolatlarni kuzatish mumkin. Ular shaxsiy hayot va
ishdagi nizoli vaziyatlar,shaxslararo munosabatning buzilishi, kelajakka ishonmaslik,
xavf- xatardan qo‘rqish, ishni doimo qisqa muddatdatopshirish tufayli o‘z vaqtida
ulgura olmaslikdan qo‘rqish va boshqalarni kiritish mumkin.Shu bilan birga jamoadag
ino sog‘lom psixologik iqlim, shaxs xarakterining bo‘shligi, qo‘rqish,
muvaffaqiyatsizliklar, o‘z imkoniyatlarini yuqori baholsh, boshqa kishilar bilan
munosabat aloqalarning yetishmas-ligi, ijtimoiy ajralib qolish ham uzoq zo‘riqish
xolatiga olib kelishi mumkin. Barcha stress xolatlarida salbiy hissiyotlar rol o‘ynaydi.
Ular inson faoliyatiga va uning organizmiga buzuvchi ta’sir ko‘rsatadi.