SIRENAGA YO‘L OCHGANLAR: HUQUQBUZAR YOKI QAHRAMON?
Keywords:
Kalit so‘zlar: Ma’muriy javobgarlik, favqulodda holat, huquqbuzarlikni istisno qiluvchi holat, tez tibbiy yordam, yo‘l harakati qoidalari,huquqbuzarlik, qutqaruv yo’lagi.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada favqulodda holatlarda yo‘l harakati qoidalarining
buzilishi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, xususan, haydovchilarning tez tibbiy
yordam va boshqa maxsus xizmatlarga yo‘l berishi natijasida yuzaga keladigan
ma’muriy javobgarlik masalalari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida,
zarurat holatida sodir etilgan huquqbuzarliklarni istisno etuvchi mezonlar tahlil
qilinadi. Shuningdek, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi xorijiy davlatlarning
“qutqaruv yo‘lagi”ga oid tajribasi bilan solishtirma tahlil olib borilgan. Muallif
haydovchilarning huquqiy ongi va ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, inson hayotini
asrash ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalarni ilgari suradi.
References
1. Davlat va huquq nazariyasi Sh.A.Saydullayev
2. Davlat va huquq nazariyasi X.T.Odilqoriyev
3. Jinoyat huquqi X.Ochilov
4. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks
5. Jinoyat kodeksi
6. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida O’RQ
7. O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida PQ-3973
8. Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PQ-283