O'QUVCHILARDA BAYON VA INSHO YOZISH MALAKALARINI OSHIRISH
Abstract
Nutq kishi faoliyatining til vositalari asosida tafakkurini ishga solishdir.
O'quvchilar nutqini o'stirish uchun o'qituvchi o'quvchilar tilining talaffuzi ,lug'ati
bog'lanishli nutqni faol egallashlarida yordam beradigan metod va usullardan
foydalanish kerak.
Bolani kichik yoshdanoq ravon tildа gapirishda , chiroyli so'zlardan foydalanib
fikrini erkin bayon qilishga o'rgatib borish muhim.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchi barcha darslarda nazariy va amaliy bilimlarini
olish bilan jumlani to'g'ri tuzish ,fikrni bayon etish, qayta hikoyalash orqali og'zaki
nutq ko'nikmalari rivojlantirib boriladi .
Ta'lim tizimida yozma ishlarning muhim va murakkab turlaridan biri
inshodir.Inshoga o'quvchining aynan ana shu tafakkur bilan bog'liq mustaqil fikrlash,
taassurotlarni umumlashtirish ,tahlil qilish va xulosalashni ro'yobga chiqaradi.
Insho -arabcha so'zdan olingan bo'lib paydo qilish, yaratmoq, ijod yuzaga
keltirish, yozuv, sochma asar, xat kabir ma'nolarni bildiradi.
O'quvchiga insho yozishni o'rgatishga o'zi yaxshi bilgan narsasi haqida insho
yozishga o'rgatish kerak. Shunda kengroq fikrlab o'rganadi.Masalan :Tabiat
haqida,sevgan hayvoni haqida,yoki sevimli mashg'uloti haqida.
References
Aminov M.N ,Majidov A. M,Tarbiya ensiklopediyasi, Ta'lim jarayonida nutq
madaniyatini shakllantirish masalasi.Nutq o'stirish mashg'ulotlari.