MAKTAB MATEMATIKA DARSLARIDA ALGEBRAIK TENGLAMA VA TENGSIZLIKLARNI YECHISHDA TEZAURUSLAR TUZISHDAN FOYDALANISH
Abstract
Bugungi kunda ta’lim tizimida yangilanishlar amalga oshirilayotgan bir paytda,
matematika fanining ahamiyati yanada ortib bormoqda. Ayniqsa, algebraik tenglama
va tengsizliklarni o‘rgatish maktab matematikasining asosiy yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Biroq ko‘plab o‘quvchilar ushbu mavzularda ko‘p hollarda matematik
atamalarni to‘liq tushunmasliklari sababli muammoga duch kelishadi. Bu esa ularning
masalalarni yechishda qiynalishiga sabab bo‘ladi. Shu o‘rinda "Tezaurus"
tushunchasidan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tezaurus — bu so‘zlar
va atamalar tizimli tartibda joylashtirilgan lug‘at bo‘lib, ularni mantiqiy bog‘liqlik
asosida o‘rganish imkonini beradi. Mazkur qo‘llanmada algebraik tenglama va
tengsizliklarni o‘rganishda Tezaurus tuzish orqali o‘quvchilarning tushunishini
yengillashtirish va ularning bilimini chuqurlashtirish maqsad qilingan. Ushbu
qo‘llanmaning asosiy maqsadi — algebraik tenglama va tengsizliklarni o‘rgatishda
Tezauruslar tuzish metodikasini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etishdir.
Ayniqsa o‘quvchilarga har bir matematik atamaning ta’rifi, tushuntirishi va amaliy
misollarda qo‘llanilishini ko‘rsatish orqali:
References
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Abdullayev Sh.H. “Maktab matematikasi: Teoriya va amaliyot”. Toshkent, 2018.
2. Karimov J.A. — “Algebra va funksiyalar nazariyasi”. Toshkent, 2020.
3. Nazarov B.N. — “Qisqacha matematika lug‘ati”. Toshkent, 2019.
4. Petrov V.A. — “Matematikaning o‘qitish metodikasi”. Moskva, 2017.
5. Kuznetsov A.I. — “Algebra: o‘quv qo‘llanma”. Sankt-Peterburg, 2016.
6. UNESCO — “Innovative approaches in math education”. Paris, 2021.
7. http://matematika.uz — O‘zbekiston matematika onlayn resurslari.