UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA O`QUVCHILARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI.
Abstract
Mamlakatimiza keying yillarda malga oshirilayotgan barcha isloxotlar inson
qadr qimmatini yuksaltirish, ayniqsa yoshlarimizning yuksak ma`naviyatli shaxs
sifatida ulg`ayishi, har tomonlama kamol topishiuchun qulay shart sharoitlar yaratishga
qaratilmoqda. Shuningdek, jamiyatimizning asosi - oila institutini yanada
mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa yosh oilalarni huquqiy va ijtimoiy-
iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish
borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish,
jismonan sog’lom, ma'naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni
tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, sog’lom oilani shakllantirish
borasida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oilani mustahkamlash masalasiga katta e'tibor berilayotganligiga qaramasdan,
bugungi jahondagi shiddatli o‘zgarishlar bu masalada yangi muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Ayniqsa tashvishga solayotgan holatlardan biri nikoh-oila
munosabatlarining zaiflashib borayotganidir.