O‘SPIRINLARDA KASB TANLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI.

Authors

  • Urazaliyeva Xolida Author

Abstract

Yaxshi  kasb-hunar  egasi  bo‘lish  insonning  eng  katta  ziynatidir.  U 
farog‘atga, kamolotga va izzat ikromga o‘z kasb-hunari tufayli ega bo‘ladi. O‘z 
farzandlarini ilmli, hunarli qilib voyaga yetkazish millatimizga xos xislat bo‘lib, 
ota-bobolarimiz  farzandlarining  savodini  chiqarish,  hunarli  qilish  uchun  eng 
yaxshi  muallimlarga,  usta  hunarmandlarga  shogirdlikka  berganlar,  boshqa 
shahar va yurtlarga bilim olish uchun yuborganlar.  
Ming-minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual moyillik 
bilan  unga  bo‘lgan  qobiliyat  va  uning  ijtimoiy  ahamiyatiga  yuqori  baho  berish 
(psixologlar  buni  kasbning  sotsial  mavqei  deb  ataydilar)  qo‘yilgandagi  kasb 
kishiga ma’naviy qoniqish berishini o‘spirinlarning ko‘pi anglab yetadilar.  
Inson tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday 
jamiyatning  ijtimoiy  –iqtisodiy  taraqqiyotini  belgilaydigan  omillardir.  Shunday 
yoshlarimiz  borki,  umumiy  o‘rta  ta’lim  jarayonida  ma’lum  yo‘nalish  bo‘yicha 
o‘zlarining  iqtidorlarini,  iste’dodlarini  namoyon  etadilar.  Bu  boylikdan  oqilona 
foydalanish,  uni  to‘g‘ri  yo‘naltirish    muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Akademik 
litseylar  aynan  shu  maqsadni  amalga  oshirishga,  iqtidorli,  iste’dodli  bolalarni 
tarbiyalashga xizmat qiladi.  

Published

2025-06-21

How to Cite

Urazaliyeva Xolida. (2025). O‘SPIRINLARDA KASB TANLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI . TADQIQOTLAR, 64(4), 148-152. https://scientific-jl.com/tad/article/view/22368