MAVZU: ANTIBIOTIKLAR HAQIDA TUSHUNCHA
Abstract
Antibiotiklar (anti-qarshi va bios-hayot) — baʼzi mikro-organizmlar
(zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot
faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikro-blarning oʻsishi hamda
rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi
Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi taʼsir etadigan
moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen)
mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi.
Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha taʼsir etadi. Masalan; bir antibiotik maʼlum bir
mikrobga kuchli taʼsir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz taʼsir qiladi yoki
butunlay taʼsir qilmaydi; Antibiotiklarning koʻpchiligi faqat mikroblarni emas, balki
odam, hayvon va oʻsimlik organizmini (toʻqima va hujayralarini) ham yemiradi.
Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va oʻsimlikshunoslikda uning faqat zararli
mikroblarni oʻldiradigan, ammo odam, hayvon va oʻsimlik organizmini
yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat (tirotrisin)ni 1939-
yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriya olishga Muyassar
boʻldi. 1941-yilda ingliz olimi X. Flori bilan Antibiotiklar Fleming mogʻor zamburugʻi
(Penicilium poshit)ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova
1942-yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944-yilda
Streptomyces griseus nomli zamburugʻdan streptomitsin olishga muyassar boʻldi.
Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom
ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 — 20 tasi (penitsillin, streptomitsin, oksitetratsiklin,
sefaloridin, eritromitsin, levomisetin va boshqalar) qoʻllanilmoqda. Antibiotiklar turli
mikroorganizmlarga bir qadar oʻziga xos taʼsir koʻrsatadi. Masalan, penitsillin
grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy
mikroorganizmlarga kuchliroq taʼsir etadi.
References
Asosiy adabiyotlar
1. Muxamedov I.M. va boshq. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i
immunologiya. Darslik. Toshkent. 2011 y.
2. Aliev Sh.R., Muxamedov I.M., Nuruzova Z.A. “Mikrobiologiyadan laboratoriya
mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma”. Toshkent. 2013y.
3. Qurbonova S.Y. “Mikrobiologiya va immunologiyadan amaliy mashg‘ulotlariga
doir qo‘llanma”. Toshkent, 2015 y.
Qo‘shimcha adabiyotlar.
1. O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining fаrmоnlаri, Vаzirlаr Mаhkаmаsi
Qаrоrlаri vа “Sоg`liqni sаqlаsh Vаzirligining” amaldagi buyruq vа uslubiy
tаvsiyanоmаlаri.
2. Saryov V.N. Mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Darslik. Moskva,
2010 y.
3. UNICEF. Oila va maxallada salomatlik amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘llanma.Toshkent. 2010 yil.
4. Muxamedov I.M. va boshq. “Umumiy virusologiya» O‘quv qo‘llanma. Toshkent,
2012 y.
5. Muxamedov I. M. va boshqalar. “Tibbiyot virusologiyasi» O‘quv qo‘llanma
Toshkent, 2013 y.
Internet saytlari
- www.lex.uz.