O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGI VA YURAK ISHEMIK KASALLIGI KOMORBIDLIGIDA KREATININ VA SISTATIN C KO‘RSATKICHLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI

Authors

  • Nurullayev Baxtiyor Azimboyevich Author
  • Turakulov Rustam Ismatullayevich Author

Abstract

O‘pkaning  surunkali  obstruktiv  kasalligi  (OSOK)  va  yurak  ishemik  kasalligi 
(YIK)  ko‘p  hollarda  birga  uchraydigan  va  bir-birining  kechishiga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatadigan  patologiyalardir.  Bu  kasalliklarning  kombinatsiyasi  buyrak 
disfunktsiyasining rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Kreatinin an’anaviy 
marker sifatida qo‘llanilsa-da, sistatin C yangi va ishonchli biomarker sifatida tobora 
ko‘proq  e’tiborni  tortmoqda.  Ushbu  tadqiqotning  maqsadi  OSOK  va  YIK  bilan 
og‘rigan bemorlarda kreatinin va sistatin C ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyatini 
solishtirma baholashdan iborat. 
Toshkent  davlat  tibbiyot  universitetining  2-sonli  oilaviy  tibbiyot  kafedrasida 
2023-2024 yillarda olib borilgan kesimli kuzatuv tadqiqotiga OSOK (GOLD mezonlari 
bo‘yicha) va YIK (ESC ko‘rsatmalari bo‘yicha) tashxisli 90 nafar bemor va 30 nafar 
sog‘lom nazorat guruhi jalb qilingan. 
Bemorlarning  barchasida  Kreatinin  (Jaffe  usuli),  Sistatin  C 
(immunoturbidimetrik usul) 
eGFR  (CKD-EPI  formulasi  bo‘yicha),  Spirometriya  (FEV1/FVC)  va 
Transtorakal exokardiyografiya tekshiruvlar o‘tkazilgan. 
Statistik  tahlil  SPSS  25.0  dasturida  ANOVA,  Pearson  korrelyatsiyasi  va 
regressiya tahlillari yordamida amalga oshirilgan. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Global Initiative for Chronic Obstructive Lung Disease. 2023 yil hisoboti

2. KDIGO 2012. CKD baholash va davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar

3. Dransfield MT et al. Am J Respir Crit Care Med. 2016;195(3):324-30

Published

2025-07-09

How to Cite

Nurullayev Baxtiyor Azimboyevich, & Turakulov Rustam Ismatullayevich. (2025). O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGI VA YURAK ISHEMIK KASALLIGI KOMORBIDLIGIDA KREATININ VA SISTATIN C KO‘RSATKICHLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI . TADQIQOTLAR, 65(2), 169-170. https://scientific-jl.com/tad/article/view/24490