“BOQUVCHISINI YO‘QOTGAN AYOLLAR VA ULARNING VOYAGA YETMAGAN FARZANDLARIDA QAYG‘U VA MOSLASHUV JARAYONLARI: OILAVIY PSIXOLOGIK YORDAM ZARURATI”
Abstract
Annotatsiya
Ushbu maqolada boquvchisini yo‘qotgan ayollar va ularning voyaga yetmagan
farzandlari ruhiyatida yuzaga keladigan psixologik holatlar tahlil qilinadi. Amaliy
tajriba amaliyotchi psixolog tomonidan individual ishlash tajribasiga asoslangan
bo‘lib, Kognitiv-harakat terapiyasi (CBT) va “Hozir va shu yerda bo‘lish”
(mindfulness) texnikalari asosida olib borilgan. Mijozlarda salbiy fikrlashni ijobiy
ruhiy holatga o‘zgartirish, shukronalik hissini shakllantirish, jamiyatga ijobiy
munosabatni qayta tiklash maqsad qilingan. Keyslar tahlili asosida ayollarning
psixologik barqarorligi tiklangani, hayotga bo‘lgan qiziqishi ortgani va farzandlarga
ijobiy ta’sir o‘tkazgani kuzatildi. Maqolada amaliy tavsiyalar orqali ijtimoiy-
psixologik yordam ko‘rsatishning samarali yondashuvlari bayon etiladi.
References
Tavsiyalar
Bunday holatga tushgan ayollar yordamdan qo‘rqmasligi kerak.
1. Psixologga murojaat qilish – zaiflik emas, aksincha, bu
mustahkamlikka olib boradigan yo‘l.
2. Onalarning kayfiyati – farzandlarning kayfiyati. Ona o‘zini yaxshi his
qilsa, bolalar ham o‘zini xavfsiz va xotirjam sezadi.
3. Har bir insonning ichida kuch bor. Boshdan og‘ir kunlar o‘tgan bo‘lsa
ham, undan saboq olib, yana yashashga harakat qilish kerak.
4. Mahalliy psixologlarga ishonch bildiring. O‘z hududingizdagi
psixologlar bilan suhbat orqali ko‘p muammolarning yechimi topiladi.
5. Farzandlar bilan ko‘proq suhbat qiling. Ular ham yo‘qotishni boshdan
kechirgan. Ularni eshitish, ularga dalda bo‘lish – eng katta yordam.
6. Psixologga borishni oddiy hol sifatida qabul qilish kerak: Bu xuddi
vrachga murojaat qilgandek oddiy va foydali.