BOLALARDA DUDUQLANISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI
Abstract
Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta’limotning rivojlanishi
eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish
fanining rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtai
nazardan yondashganliklari va yondoshayotganligi darajasi bilan bog‘liqdir.
XVII-XVIII asrlar arafasida duduqlanishni tashqi nutq apparatining
yetilmaganligi oqibati sifatida talqin etishga urinishgandi. Masalan, Santorimining
ta’kidlashicha, duduqlanish qattiq tanglayning yorilgan paytida vujudga keladi va
go‘yo shu yoriq orqali tilga suyuqlik tushadi hamda nutqni qiyinlashtiradi. Vutser esa
buni pastki jag‘ning noto‘g‘ri chuqurlashuvi va unda kichik tilcha borligi bilan;
Ervede-Sheguan – til uzunligi va og‘iz bo‘shlig‘ining hajmi orasidagi o‘zaro
munosabat yoki uning kalta yuganchaga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‘liq
holda tushuntirdi. Nutqiy qiyinchiliklar nutqiy rivojlanishdan to‘xtab qolish, boshqa
tilga o‘tish, shaxsning erkin hissiy-irodaviy sifatlarning noto‘kis yetilishiga bog‘liq
ravishdagi patologik rivojlanish hodisalari, murakkab fikrni izhor etish va shu kabilar
oqibatida yuzaga kelishi mumkin 1 .
References
Фойдаланилган адабиётлар рўйҳати
1. Правдина О.В. Логопедия. – М., 1993.
2. Селиверстов В.И. «Заикание у детей»Москва: Просвещение. 1999 .-56с.
3. Миронова С. «Планирование логопедической работы с заикающимиця
детьми».Москва. 1999 .-45.с.
4. Левина Р.Е. «Преодоление заикания у дошкольников». Москва:-Педагогика.
1995 .-59с.
5. Чевелёва Н.А.. «Исправление заикание у школьников в процессе
обучений».Москва:- Просвещение. 1999 .