O‘SIMLIKLARNING RIVOJLANISHI. KORRELYATIV O‘SISH

Authors

  • Rajabboyeva Shahlo Author
  • Sayfulloyeva Sabina Author

Abstract

ANNOTATSIYA: O‘simlikning hayot sikli tuxum hujayraning otalanishi va 
zigotaning hosil bo’lishidan boshlanib, to tabiiy o’lishigacha davom etadi. Rivojlanish 
jarayonida  asosan  sifat  o‘zgarishi  namoyon  bo’ladi.  0‘simliklar  rivojlanishini  to‘rt 
bosqichga ajratib qarash mumkin:  

l.Embrional  bosqich.  Ushbu  bosqich  zigotadan  boshlanib,  urug‘ning 
pishishigacha  bo’lgan  davrda  murtakning  rivojlanishini  o‘z  ishiga  oladi.  Bular 
changlanish, changni o'sishi va urug‘lanish, ya’ni chang naychasining murtak xaltasiga 
yetishi  va  undan  ikkita  spermaning  bittasi  tuxum  hujayra  yadrosi  bilan  ikkinchisi 
murtak  xaltaning  ikkilamchi  yadrosi  bilan  qo‘shilib  urug’lanishdan  boshlanadi. 
So'ngra  zigota  bo’linadi.  Shu  davrda  quyidagi  o‘zgarishlar  bo’ladi:  urug‘  kurtak 
pardasi o’sib urug’  qobig’ini hosil qilsa, tuguncha devorchalari o‘sib, meva qavatini 
hosil  qiladi.  Urug’  murtagi  rivojlanib  differensiatsiyalana  boshlaydi  va  birin-ketin 
boshlangich  organni  beruvchi  hujayralar  hosil  bo‘ladi  (poya,  ildizcha  urug‘barg). 
Keyinchalik prokambiy paydo bo’ladi va zaxira moddalar urug‘da to‘plana boshlaydi. 
Bunda fitogormonlar alohida o‘rin tutadi. Pishgan urug‘da fitogormonlar kamayadi, 
ingibitor abssizat kislota miqdori oshadi va urug‘  tinim holatiga o‘tadi. 
 2.  Yuvenil bosqich. Rivojlanishning  bu  bosqichi urug‘ning  unib  chiqishidan 
boshlanib,  to  generativ  organlarni  shakllanishiga  qadar  davom  etadi.  Bu  davrda 
vegetativ  organ  to‘la  shakllanadi  va  asosan  vegetativ  massa  to‘planadi.  Urug‘dan 
chiqqan ildizcha o‘sa boradi va unda gibberellin, sitokinin kabi fitogormonlar sintezi 
boshlanadi va poyaga uzatiladi. Ildiz, poya juda tez o‘sadi va shuning bilan birgalikda 
bargning  o‘sishi  ham  jadallashadi.  Barglarda  xlorofillning  sintezlanishi  bilan 
o‘simlikning avtotrof oziqlanish boshlanadi. Yuvenil bosqichning muddati o‘simlik 
turiga bog‘liqdir. Masalan, bir yillik o‘simliklarda bir necha xafta bo‘lsa, ko‘p yillik 
daraxtlarda birnecha hatto o‘n yillab davom etishi mumkin.  

References

1. Алиханов Б.Б , Григоруанц А.А, Доценко Н.П . и др Популярная

экологическая энциклопедия Республики Узбекистана 1-2-3-4том -Т : Chinor

ENK ,2008

2. Alixonov B.B i dr Qo‘riqxonasi va milliy bog‘lar . -T : Chinor ENK ,2005

3. Alixonov B.B , Dotsenko NP i dr ,Ozon qatlami .- Toshkent ,2007

4. Baratov A. Tabiatni muhofaza qilish , - T : O‘qituvchi ,1991

5. Бекназов Р. У , Новиков Ю. В . Охрана природы - Т : Укитувчи ,1995

Published

2025-08-17

How to Cite

Rajabboyeva Shahlo, & Sayfulloyeva Sabina. (2025). O‘SIMLIKLARNING RIVOJLANISHI. KORRELYATIV O‘SISH . TADQIQOTLAR, 68(1), 125-129. https://scientific-jl.com/tad/article/view/26408