MAVZU: “ONLAYN AXBOROT MAYDONIDA SUV MUAMMOLARI TALQINI: O‘ZBEKISTON OAVLARIDA MATN, INFOGRAFIKA, VIDEO VA FOTOMATERIALLAR ORQALI YORITILISH TAHLILI”
Keywords:
Kalit so‘zlar: suv muammolari, onlayn axborot maydoni, O‘zbekiston OAVlari, matn, infografika, video, fotogalereya, vizual kommunikatsiya, ekologik xavfsizlik.Abstract
Globallashuv jarayonida suv resurslari muammosi nafaqat ekologik, balki
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omil sifatida ham dolzarb mavzuga aylanmoqda.
O‘zbekiston OAVlari onlayn axborot maydonida ushbu masalani keng yoritib, turli
kommunikativ vositalardan foydalanmoqda. Mazkur tezisda suv muammolarining
O‘zbekiston onlayn OAVlarida qanday mavzularda aks ettirilishi, ularni yoritishda
qo‘llanilgan formatlar – matn, infografika, video hamda fotogalereyalar tahlil
qilinadi. Shuningdek, texnik va vizual yechimlar, ularning auditoriyaga ta’siri hamda
kommunikativ samaradorligi baholanadi. O‘rganish jarayonida OAV materiallari
tanqidiy tahlil qilinib, ularning axborot yetkazish darajasi, vizualizatsiya usullari va
ijtimoiy muhokamalarga ta’siri ko‘rib chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, suv
tanqisligi muammosi aksariyat hollarda iqlim o‘zgarishi, ekologik xavfsizlik va
ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq mavzularda yoritilgan bo‘lib, infografika va
videomateriallar esa mavzuni vizual jihatdan yanada ta’sirchan qilib taqdim etishda
muhim o‘rin egallaydi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Gazeta.uz. (2023). O‘zbekiston suv balansining qisqarishi. [Onlayn maqola].
2. Kun.uz. (2021). Qashqadaryo dehqonlari suv taqchilligidan aziyat chekmoqda –
videoreportaj.
3. Daryo.uz. (2022). Suvsiz qolgan dalalar – fotogalereya.
4. Spot.uz. (2024). Virtual gidrotexnika xaritasi – interaktiv loyiha.
5. Jahon banki hisobotlari (2019–2024). Markaziy Osiyoda suv resurslari va barqaror
rivojlanish.
6. BMT. (2015). Barqaror rivojlanish maqsadlari. 2030 kun tartibi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi (2022). Suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yillik hisobot.