IMOM MARGʻINONIY HAYOTI VA UNING "HIDOYA" ASARI HAQIDA
Abstract
Ma’lumki, Islom dini diyorimizga kirib kelishi bilan har sohada taraqqiyot
rivojlanib ketdi. Xususan, Mavorounnahr o’lkalarida barcha ilm jabhalarida minglagan
yetuk olimlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, handasa, sheriyat, astranomiya, mantiq, fiqh,
hadis, tafsir, kalom va boshqa ilmlarda zabardast bo’lgan ulamolarimiz butun dunyoga
ustozlik darajasiga chiqishdi. Boshqa diyorlardan bizning yurtlarga juda ko’plab ta’lim
oluvchilar juda ko’p edi. Yurtimizdan chiqqan ulamolar esa shu darajadi ko’p
bo’lganki, ularni sanab adog’iga yetish mushkul ish hisoblanadi. Ularning qoldirgan
beqiyos asarlari hali hanuzgacha o’rganiladi va hatto hozirgi oliy o’quv yurtlarida va
ba’zi chet universitetlarida o’rgatiladi ham. Hozir ana shunday ulug’ allomalardan biri
bo’lgan 12 asr da yashab o’tgan buyuk olim faqih Burhoniddin Marg’inoniy
rohmatullohi alayh va u kishining “Hidoya” asari haqiida ozroq so’z yuritamiz. Zero,
mana shunday buyuk bobokalonlarimizni tanib, qoldirgan bebaho asarlari bilan
tanishsak maqsadga muvofiq bo’lib ularning qilgan say-harakatlarini behuda ketmagan
bo’lar edi.