BADIIY ASAR TILIDA KO‘CHIMLAR (B.GENJEMURATOVNING «UKUZDARYO BITIKLARI» ASARI MISOLIDA)

Authors

  • Sherjanova Fazu Keunimjaevna Author

Keywords:

Tayanch so‘zlar: Badiiy asar, metafora, metanimiya, snekdoxa, jonlantirish, mubolag'a sifatlash, oksimoron, poetik sintaksis, elipsis, janr, obraz, asar tili

Abstract

REZYUME 
Maqolada  qoraqalpoq  she’riyatining  zabardast  vakili  B.Genjemuradov 
she’riyatida  qo‘llangan  badiiy  tasvir  va  ifoda  vositalari  metafora,  metanimiya, 
snekdoxa,  jonlantirish,  mubolag'a  sifatlash,  oksimoron  kabilarni  mahorat  bilan 
qo‘llaganligi  tahlil  qilindi.  Boshqa  ijodkorlar  kabi  shoir  she’rlarida  ham  ko‘chim, 
o‘xshatishlar  mahorat  bilan  qo‘llanilganligi,  qoraqalpoq  lirikasidagi  ayrim  til 
xususiyatlarini shoir mahorati bilan bog‘lab ko‘rsatib berishga harakat qilindi. 
Badiiy  til  sohasida  mahorat  kasb  qilmasdan  turib,  chinakam  san’at  asarini 
yaratish mumkin emas. Shuning  uchun ham so‘z ustalarining mahoratini ularning tili 
orqali o‘rganish ishiga yanada ko‘proq e’tibor berish lozim.Yozuvchining mahorati 
haqidagi gapni tildan boshlash kerak,-degan edi atoqli yozuvchi K.Fedin. Badiiy asar 
tilini  o‘rganish  haqiqatdan  ham,  yozuvchining  badiiy  mahoratini  o‘rganish 
masalasining asosini tashkil etadi. Shu sababli ulkan  san’atkorlarning hammasi tilga 
alohida ahamiyat berib kelganlar va badiiy asar tilini asarning qiymatini belgilovchi 
muhim  faktrorlardan  biri  deb  hisoblaganlar.Shuning  uchun  ham  so‘nggi  vaqtlarda 
qoraqalpoq  adabiyotshunosligida  va  tilshunosligida  badiiy  asar  tilini  tekshirishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Badiiy asar tili zamonaviy, jonli tilda ijod qilishga shu 
bilan birga esa, dunyoni tabiiy his etishga, hozirgi kunning fikr uylari va tushunchalari 
bilan  yashashga  to‘la  erk  berib  quyarkan.  Baxtiyor  Genjemuradov  zamon  bilan 
hamnafas, xalq bilan yonma-yon shoirdir.  

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Genjemuratov B. Ukuzdaryo bitiklari. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi

2. Ozbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2006.

3. Yo'ldoshev B, Qurbonov T. Badiiy asar tili va uslubi masalalari. Samarqand.

2006. B.

4. Yo’ldoshev B, Bobojonov F, Pardayev Z. Badiiy asar tili masalalari. Navoiy:

Navoiy DPI nashri. 2001. B.7-11.

5. Yo’ldoshev B, Bobojonov F, Pardayev Z. Badiiy asar tili masalalari. Navoiy:

Navoiy DPI nashri. 2001. B.7-11

Published

2025-03-26

How to Cite

Sherjanova Fazu Keunimjaevna. (2025). BADIIY ASAR TILIDA KO‘CHIMLAR (B.GENJEMURATOVNING «UKUZDARYO BITIKLARI» ASARI MISOLIDA) . TADQIQOTLAR, 59(1), 131-135. https://scientific-jl.com/tad/article/view/6352