KUTUBXONA – MILLAT XAZINASI
Abstract
Insoniyat tarixida bilim, madaniyat va tafakkur taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan muhim manbalar – bu kutubxonalardir. Ular faqat kitoblar to‘plami emas, balki
xalqning tarixiy xotirasi, ilmiy salohiyati va ma’naviy dunyosining aksidir. Shu
boisdan ham kutubxona har bir millatning bebaho xazinasi sanaladi.
Ilk kutubxonalar juda qadimda, miloddan avvalgi III ming yillikka to‘g‘ri keladi.
Bu davrda Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy kabi qadimiy sivilizatsiyalarda
kutubxonalar paydo bo‘lib, ular jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan.
O‘zbekiston hududida kutubxonachilik an’analari qadimdan rivojlangan.
Xususan, Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatga katta e’tibor qaratilib, ulkan
kutubxonalar barpo etilgan. Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ allomalar
davrida kitoblar ilmiy va badiiy hayotning ajralmas qismiga aylangan.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, XX asr boshlarida faqat Buxoro shahrida 13 ta
kutubxona va 96 ta qiroatxona mavjud bo‘lgan. Saroy kutubxonalarida 47 500 dan ortiq
noyob qo‘lyozmalar va toshbosma kitoblar saqlangan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Karimov, I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat,
2008.
2. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi Bosh tahririyati, 2000–2005.
3. Toshmuhamedov, B. Kutubxona va kitobxonlik tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi,
2012.
4. Internet manbalari
5. Qodirov, Z. Kutubxona ishi asoslari. – Toshkent: Ilm-Ziyo, 2021.