BIOPLASTMASSA: ATROF-MUHIT UCHUN BIOLOGIK YECHIM
Keywords:
Kalit so‘zlar: Bioplastmassa, biologik parchalanish, ekologik muammo, plastik chiqindilar, atrof-muhitni muhofaza qilish, qayta tiklanadigan materiallar, eko- yechimlar, barqaror rivojlanish, biotexnologiya, o‘quvchi loyihalari.Abstract
Annotatsiya
Mazkur maqolada plastik chiqindilar muammosi va ularning atrof-muhitga
salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Ayniqsa, uzoq yillar parchalanmaydigan an’anaviy
plastiklar ekologik inqirozning asosiy sababi sifatida ko‘rsatiladi. Ushbu muammoning
zamonaviy yechimlaridan biri sifatida bioplastmassa — ya’ni, biologik
parchalanadigan va qayta tiklanadigan manbalardan tayyorlangan materiallar haqida
ma’lumot beriladi. Maqolada bioplastmassaning tarkibi, yaratilish texnologiyasi va
parchalanish mexanizmi haqida ilmiy tushunchalar yoritilgan. Shuningdek,
o‘quvchilar uchun kichik loyihalar orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan
eko-yechimlar ishlab chiqish g‘oyalari taqdim etiladi. Ushbu maqola biologiya fani
doirasida ekologik ongni shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.