“SURXONDARYO MILLIY LIBOSLARIDA TABIIY BO‘YOQLAR VA MATO ISHLATISH AN’ANALARI”
Keywords:
Kalit so‘zlar: Surxondaryo milliy liboslari, tabiiy bo‘yoqlar, mato bo‘yash an’analari, xalq amaliy san’ati, ekologik dizayn, hududiy xususiyatlar, milliy kiyimlar, mato texnologiyasi.Abstract
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining milliy liboslarida tabiiy bo‘yoqlar va
matolardan foydalanish an’anaviy jarayonlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, qadimdan to
hozirgacha davom etib kelayotgan mato tayyorlash, bo‘yash va ularni libosda ishlatish
texnologiyalari chuqur o‘rganiladi. Surxondaryo xalqi, xususan Boysun, Denov,
Sherobod, va Termiz hududlarida qo‘llanilgan tabiiy rang beruvchi o‘simliklar
(masalan, jiyda bargi, pista po‘sti, anor qobig‘i) asosida bo‘yalgan matolar hamda
ularning libos dizaynidagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tabiiy bo‘yoqlarning
ekologik xavfsizligi, matoga singdirilish usullari, ularning libosning estetik va madaniy
qimmatiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy tikuvchilik va dizayn
jarayonida tabiiy bo‘yoqlardan foydalanish imkoniyatlari, yosh dizaynerlar uchun
ilhom manbai sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqola doirasida mahalliy ustalar bilan olib
borilgan suhbatlar, amaliy kuzatuvlar va tarixiy manbalar tahliliga asoslaniladi. Ushbu
izlanish xalq amaliy san’ati va zamonaviy moda o‘rtasida uzviylikni ko‘rsatishga
xizmat qiladi.
References
Bibliografiya
1. Baymuhamedov, Sh. O‘zbek matolari va ularning tarixi. Toshkent: Fan
nashriyoti, 2019.
2. Karimov, A. Hunarmandchilik va milliy matolar. Toshkent: O‘zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi, 2021.
3. Vogue Magazine. The Rise of Ikat in Global Fashion. New York, 2022.
4. Business of Fashion. Traditional Textiles in Contemporary Design. London,
2023.
5. Harper’s Bazaar. Uzbek Fabrics in International Fashion Trends. Paris, 2023.