BOLALIKDA OLINGAN PSIXIK TRAVMALAR VA ULARNING VOYAGA YETGANLIKDAGI TAʼSIRI

Authors

  • Sirojiddinova Mushtariy Omadbek qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bolalikdagi ruhiy travma, psixologik salomatlik, travmaning uzoq muddatli ta’siri, voyaga yetganlikdagi psixik holat, Adverse Childhood Experiences (ACEs), shaxsiy rivojlanishga ta’sir, bolalikdagi zo‘ravonlik, emotsional beqarorlik, psixik travma oqibatlari, voyaga yetgan davrdagi ruhiy buzilishlar.

Abstract

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  bolalik  davrida  yuzaga  kelgan  psixik 
travmalarning  shaxs  rivojiga  va  voyaga  yetganlikdagi  psixologik  holatga  ta’siri 
o‘rganiladi.  Psixologik  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  bolalikda  olingan  ruhiy 
jarohatlar  –  jumladan,  zo‘ravonlik,  e’tiborsizlik,  ajralish,  psixologik  bosim  yoki 
travmatik  voqealarga  guvoh  bo‘lish  –  insonning  emotsional  barqarorligi,  o‘ziga 
bo‘lgan ishonchi, ijtimoiy munosabatlari va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Maqolada,  shuningdek,  travma  kechirgan bolalarning  voyaga  yetganida  depressiya, 
tashvish  buzilishi,  PTSD  (travmadan  keyingi  stress  buzilishi),  shaxslararo 
munosabatlarda qiyinchiliklar va destruktiv xulq-atvorlar kabi oqibatlarga duch kelishi 
haqida  ilmiy  manbalarga  asoslangan  tahlil  beriladi.  Tadqiqotlar  ACEs  (Adverse 
Childhood  Experiences)  indeksiga  tayangan  holda  yuritilgan.  Ushbu  maqola 
bolalikdagi psixik travmalarni erta aniqlash, profilaktika qilish va ularning oqibatlarini 
yumshatish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Nishanova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi.

2. Nashriyot: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi Nashr yili:

2006. Manzil: Toshkent.

3. Velilvayeva A. S., Hayatov R. B., Alkarov R. B.Bolalar psixiatriyasi. Samarqand

Davlat tibbiyot universiteti nashriyoti 2024 Samarqand

4. Ismoilova N. Ijtimoiy psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati

nashriyoti. 2013-yil. Toshkent

Published

2025-04-22

How to Cite

Sirojiddinova Mushtariy Omadbek qizi. (2025). BOLALIKDA OLINGAN PSIXIK TRAVMALAR VA ULARNING VOYAGA YETGANLIKDAGI TAʼSIRI . TADQIQOTLAR, 60(4), 213-218. https://scientific-jl.com/tad/article/view/9940