TALABALARDA AXLOQIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

Authors

  • Ro'ziyeva Nafosat Abdumumin qizi Author

Keywords:

: axloqiy qadriyatlar, talaba shaxsi, psixologik mexanizmlar, motivatsiya, identifikatsiya, emotsional intellekt, refleksiya, axloqiy ong, ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabat, axloqiy rivojlanish nazariyalari, ma’naviy tarbiya

Abstract

Mazkur maqolada talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonining psixologik mexanizmlari yoritilgan. Axloqiy qadriyatlar shaxsning ijtimoiy xulq-atvori, dunyoqarashi va o‘zini anglashida muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan. Tadqiqotda shaxsning axloqiy ongini rivojlantirishda o‘quv jarayonining psixologik omillari, ijtimoiy muhitning ta’siri hamda shaxslararo muloqotning o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda motivatsiya, emotsional intellekt, identifikatsiya, ichki nazorat lokusi va refleksiya kabi psixologik mexanizmlar asosiy omil sifatida ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari talabalarda axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashda psixologik-pedagogik yondashuvlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi

Author Biography

  • Ro'ziyeva Nafosat Abdumumin qizi

    Navoiy innovatsiyalar universiteti

    Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Published

2025-10-11