5G VA IP TARMOQLARIDA MULTIMEDIA UZATISH UCHUN INVESTITSIYA QAYTARUVCHANLIGI TAHLILI
Keywords:
5G tarmoqlari, IP infratuzilma, investitsiya qaytaruvchanligi multimedia xizmatlari, OTT hamkorlikAbstract
Ushbu maqolada 5G va IP tarmoqlarida multimedia xizmatlarini uzatish uchun amalga oshiriladigan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Kapital va ekspluatatsion xarajatlarning tarkibi chuqur o‘rganilib, turli monetizatsiya modellarining rentabellik darajasiga ta’siri baholanadi. ROI (Return on Investment) faqat abonent daromadlari bilan cheklanmasdan, OTT hamkorliklari, differensial tariflash, reklama asosidagi subsidiyalar va sanoat segmentiga qaratilgan B2B xizmatlar orqali shakllanishi zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, QoS/QoE monitoring tizimlari va Edge Computing texnologiyalarining xarajatlarni optimallashtirishdagi roli ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari 5G infratuzilmasiga investitsiya qarorlarini strategik nuqtai nazardan shakllantirishga yordam beradi
 
							