YOZUVNI O‘RGATISHDA PSIXOLOGIK OMILLAR, GRAMMATIK YONDASHUVLAR VA REFLEKTIV METODLAR SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: yozuv, o‘qitish, psixalogik to‘siq, grammatik yondashuv, motivatsiya, refliktiv metod, baholash, kontekst, madaniy tafovut, tanqidiy fikrlash.Abstract
Anotatsiya: Ushbu maqolada yozuv ko‘nikmalarini o‘rgatish jarayoni chuqur tahlil qilinadi. Muallif yozuvga bo‘lgan psixologik to‘siqlar, o‘quvchilarning motivatsiyasi, grammatikani kontekst asosida o‘rgatish zarurati, va reflektiv metodlarning samaradorligi haqida fikr yuritadi. Yozuvni grammatikadan ajralgan mustaqil ko‘nikma sifatida rivojlantirish zarurligi asoslanadi. Shuningdek, yozuv topshiriqlari darajaga moslashtirilishi, madaniy kontekstlar hisobga olinishi, hamkorlikdagi o‘rganish, baholash mezonlari va shaxsiy yondashuvlar muhim omillar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola individual va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda reflektiv yozuvning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatadi. Tadqiqot pedagogik faoliyatda yozuvni o‘qitish jarayonini yanada samarali tashkil qilish, o‘quvchining fikrini erkin va aniq ifoda eta olishini ta’minlash uchun metodik asoslarni taklif qiladi. Natijada, yozuv o‘rgatish shunchaki grammatika emas, balki muloqot vositasi sifatida talqin etiladi.
References
1. Harmer, J. (2004). How to Teach Writing. Pearson Education Limited.
2. Richards, J. C., & Renandya, W. A. (2002). Methodology in Language Teaching: An Anthology of Current Practice. Cambridge University Press.
3. Hyland, K. (2003). Second Language Writing. Cambridge University Press.
4. Hedge, T. (2000). Teaching and Learning in the Language Classroom. Oxford University Press.
5. Nunan, D. (1999). Second Language Teaching and Learning. Heinle & Heinle Publishers.