PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA ISTIQBOLLARI
Abstract
Mamlakatimizning sanoat tarmoqlari ichida eng katta qo‘shimcha qiymat yaratish bo‘yicha paxta-to‘qimachilik sanoati alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, to‘qimachilik sanoati aholi bandligini ta’minlashning yetakchi sohalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohasining o‘zida deyarli 7000 ta korxonada 200 mingdan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilayotganligi yuqoridagi fikrimizning dalilidir. Paxta-to‘qimachilik sanoati Namangan viloyati sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Viloyat uchun bu tarmoqni yanada rivojlantirishning muhimligi, birinchi navbatda mahalliy xom-ashyo bazasining mavjudligi, shuningdek, nisbatan yuqori mehnat sig‘imliligi bilan bog‘liq. Bu esa bandlik va aholining turmush darajasini oshirish kabi muammolar yechimini topishi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 2018 yil 19 sentyabr, 744-sonli qaror. https/lex.uz/.
2. “Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida agrosanoat klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 736-sonli qarori. https/lex.uz/.