BOLALARDA IMMUNITETNI MUSTAHKAMLASHDA TO‘G‘RI OVQATLANISHNING O‘RNI

Authors

  • Razzakov Nabijon Alijonovich Author
  • Mexmonov Omonillo Abdulgʻani oʻgʻli Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bolalarda immunitet, to‘g‘ri ovqatlanish, muvozanatli oziqlanish, vitaminlar, mineral moddalar, sog‘lom ovqatlanish, bola salomatligi, organizm himoyasi.

Abstract

Annotatsiya: So‘nggi yillarda bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari jamiyatimizda ham, tibbiy hamjamiyatda ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xususan, bolalarda immunitet tizimini mustahkamlashning asosi va zaruriy omillaridan biri sifatida to‘g‘ri ovqatlanish alohida o‘rin tutadi. Immunitet – organizmni tashqi zararli omillardan va kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlardan himoya qiluvchi murakkab himoya tizimidir. Ushbu tizim bolalarda hali yetarli darajada shakllanmagan va barqaror emasligi sababli, uni mustahkamlash uchun kompleks yondashuv, xususan, to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish muhim rol o‘ynaydi.

Published

2026-02-14