SURUNKALI PRENATAL STRESS SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLODLAR MIYACHA PO‘STLOG‘IDA MORFOFUNKSIONAL O‘ZGARISHLAR

Authors

  • Akbarova Mavluda Nodirbek qizi Author
  • Axmedova Sayyora Muhamadovna Author

Abstract

       Mavzuning dolzarbligi: Markaziy nerv tizimi rivojlanishi homiladorlik davrida tashqi va ichki omillarga, xususan, surunkali stress ta’siriga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega. Prenatal stress gormonal, metabolik va neyroendokrin mexanizmlar orqali rivojlanayotgan miya tuzilmalari shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, keyinchalik morfologik va funksional buzilishlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, harakatlar koordinatsiyasi, muvozanat va kognitiv jarayonlarda muhim rol o‘ynaydigan miyacha (cerebellum) stress omillariga nisbatan sezgir tuzilmalardan biri hisoblanadi. Shunga qaramay, surunkali prenatal stressning avlod miyachasi po‘stlog‘iga ta’siri yetarli darajada o‘rganilmagan.

Published

2026-03-02